Konstitutsiya kuni

8-dekabr Konstitutsiya kuni

2015-yil 7-dekabr kuni maktabimizda «Baxtimiz qomusi» mavzusida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuniga bag’ishlangan kecha bo’lib o’tdi.

Kechada maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari she’r va qo’shiqlari bilan faol ishtirok etdilar. kechada qiziqarli o’yinlar, sahna ko’rinishlari namoyish etildi. Tadbirda faol qatnashgan o’quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan estalik savg’alar bilan taqdirlandilar.

                    4-sinf rahbari:                                  Davronova Nargiza

FARZANDINGIZNI MAKTABGA TAYYORMI ?

Maktabga sifatli tayyorlash

 “Sog’lom bola yili” davlat dasturining 94-bandiga muvofiq Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ilk marotaba ota-onalar uchun bolalarni maktabga tayyorlash bo’yicha 5 ta kitob yaratildi.
Mazkur qo‘llanmalar farzandi maktabgacha ta’lim tizimiga qamrab olinmagan ota-onalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular yordamida bolaning dunyoqarashi, mantiqiy fikrlashi va nutqi rivojlantiriladi, uni shaxsiy gigiena qoidalari bilan tanishtiradi.
Qo‘llanmalar “Bolajon” tayanch dasturi asosida rangli-bezakli shaklda tayyorlangan va Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Respublika o‘quv-metodika markazi qoshidagi ilmiy kengash tomonidan tasdiqlangan.
Qo‘llanmalar 5 ta kitobdan iborat bo‘lib, jami 2,5 mln. nusxa (har bir kitob 446 ming nusxadan) chop etildi va 436 130 nafar oilalarga bepul tarqatilmoqda. Bular:
1.“Nutq o‘stirish, o‘qish va savodga tayyorlash”;
2.“Matematik tasavvurlarni shakllantirish”;


3. «she’riy asarlar to’plamlari»
 
 4.“Nasriy asarlar to‘plami”;             5. «Sog’ tanda sog’lom aql»
                                       

OTA-ONALARIMIZGA E’LONLAR!

TAKLIFNOMA

         HURMATLI OTA-ONALARIMIZ!  SIZLARNI 2014-YIL 25 APREL KUNI SOAT 17-00 DA 8-9-SINF BITIRUVCHILARINING KASBGA TO’G’RI YO’NALTIRISH VA BITIRUVCHI O’QUVCHILAR BUZUQ G’OYALARDAN YOT BO’LGAN G’OYALARGA YO’NALTIRISHNI NAZORATINI QILISH MAQSADIDA MAKTABIMIZDA O’TKAZILADIGAN “TANLAGAN KASBIM FAXRIM MENING” MAVZUSIDAGI O’TKAZILADIGAN YIG’ILISHGA TAKLIF ETAMIZ!